Tashaxxud miqdoricha o‘tirish

Assalomu alaykum! Namozdan keyin tashaxxud miqdoricha o‘tirish qanday amalga oshiriladi? Salom berib bo‘lgach jim o‘tiradimi yoki salomdan keyingi zikrlarga ketgan vaqt kifoyami? O‘sha vaqtida duo qilsa bo‘ladimi, namoz buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozdan keyin emas, balki namoz ichida oxirgi qa’dada tashahhud miqdoricha o‘tirish farzdir. Bu vaqtda jim turmaydi, balki tashahhud o‘qiydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar