Islom tarixi
Shayx hazratlari, hurmatli ustoz! Sizga avvalroq bir muxlisingiz tomonidan Qutayba ibn Muslim haqida berilgan savolga javob berayotib, u kishinig Samarqand fathi asnosidagi adolati to‘g‘risida bir voqeani keltirib o‘tgandingiz. Agar mumkin bo‘lsa menga o‘sha voqeaning manbasini aytsangiz. O‘zi ustozlar bir narsani aytsa ulardan manbasini so‘rash odobdan emas. Ammo gap shundaki, men O‘rta Osiyoga Islom dini kirib kelishi borasida dissertatsiya yoqlamoqchiman. Mendagi mavjud turli tillardagi (hatto arab tilidagi) manbalarda arablarning, xususan Qutayba ibn Muslimning bu yurtlarda qilgan vahshiyligu-yu, to‘kkan qonlari haqida ma‘mulotlar beriladi. Mening esa buning aksini isbotlagim keladi, biroq buning uchun menda ma‘lumot afsuski, yo‘q. Shuning uchun bu borada menga qaerdan manba topishim mumkinligi haqida ko‘mak bersangiz cheksiz xursand bo‘lardim.Sizga Allohdan sihhat-salomatlik, ofiyat va faoliyatingizda barokat tilab Shogirdingiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha, o‘sha javobda manba’ ham aytilgan.
4 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 160 | Siyrat va tarix
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha, o‘sha javobda manba’ ham aytilgan.
4 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 160 | Siyrat va tarix