Koreyada ish topgani uchun 10 dollar olib qoladi

Assalomu alaykum! Men Koreada o‘qiyman. Men bu erda yashashim uchun pul kerak. Pul topishim uchun ishlashim kerak. Lekin ish topish o‘zga yurtda ancha qiyin. Kunlik ish topishga bir aka yordam beradi. Shu yordami evaziga ishlagan pulingizdan 10 dollar olib qoladi. Shu akani qilgan ishi to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rozi bo‘lsangiz to‘g‘ri. Ish topib bergani uchun olishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar