Go‘sht haqida savol 3

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh Shayx Hazratlari!Hazrat sizni yana savol berib vaqtingizni olayotganimdan xijolatdaman va uzr so‘rayman. Men oldingi go‘sht haqida ikkita savolimga javob olganimdan juda xursandman. Menda yana bir savol tug‘ildi. Ustoz, men ishlayotgan korxona ishchilarni ovqatini o‘z bo‘yniga olgan va oshxonasida ovqat qilib ishchilarga beradi. Lekin go‘sht masalasida menda shubha bor, ya’ni bu olib kelib ishlatilayotgan go‘sht kim tomonidan, qanaqa qilib so‘yganidan xabarimiz yo‘q. Buni bilish juda qiyin, balki ilojsiz. Mana shu holatda, men ishlayotgan joyimdan beriladigan bepul ovqatdan tiyilib (balki haftaning 5 kunida ro‘za tutib yurishim) yurishim kerak bo‘ladimi?Korxona shahardan uzoqda bo‘lganligi va o‘z hisobimizdan ovqat eyish qimmatga tushib ketishini hisobga oladigan bo‘lsam, ro‘za tutish afzal deb hisoblasa bo‘ladimi? Umuman olganda, agar shubhali go‘shtdan tayyorlangan ovqatlardan uzoq bo‘lmoqchi bo‘lsak, bu ovqatlarni umuman emaslik kerakmi yoki ovqatdagi faqatgina go‘shtni iste’mol qilmasdan, ovqatning qolgan qismini iste’mol qilsa halol hisoblanadimi? Ustoz musulmonlar uchun qilayotgan ishlaringizga Alloh katta savoblar bersin, Alloh sizni o‘z panohida asrasin. Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ovqat tayyorlayotganlardan so‘rab bilsa, bo‘ladiku!

4 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar