Ayol Jannatda kim bilan birga bo‘ladi?
Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari sizga beradigan savolimiz shundan iboratki men bir saytda bu maqolani o‘qib qoldim va buni sizga batafsil yubordim iltimos buni aniq dalillar bilan aniqlaganmi?Agar ayol kishining hayoti mobaynida bir nechta eri bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni avvalgisining o‘limidan so‘ng keyingisiga erga tekkan bo‘lsa, ana shunday ayol Jannatda kim bilan birga bo‘ladi? Ushbu masala borasida ulamolar uch xil qavlni aytishgan. Birinchi qavl shundan iboratki, unda aytilishicha ayol kishi Jannatda eng xulqi yaxshiroq bo‘lgan eri bilan birga bo‘ladi. Ushbu qavl tarafdorlari dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar: Ummu Habiba roziyallohu anhadan rivoyat qilinishicha, kunlarning birida u kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan so‘radi: «Agar hayoti mobaynida ikkita eri bo‘lgan ayol bo‘lsa, Jannatda qaysi biri bilan birga bo‘ladi?» Bunga Nabiy sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: «Ey Ummu Habiba, u xulqi yaxshirog‘i bilan birga bo‘ladi. Chunki go‘zal xulq bu dunyoda ham, u dunyoda ham eng afzal (narsa)dir». Ushbu hadis zaifdir. Uning zaifligi haqida imom Abu Xotim, Yahyo ibn Ma’in, Nasoiy, Buxoriy, Azdiy, Doraqutniy, Ibn Adiy, Zahabiy va boshqa ko‘pgina imomlar aytishdi (Qarang: «ad-Du’afa» 2/171, «Jarh va ta’dil» 5/401, «al-Kamil» 5/347). Shunga binoan, ya’ni ushbu hadis zaifligi sababidan, ushbu qavl hisobga olinmaydi. Ikkinchi qavl shunday iboratki, unda aytilishicha ayol qaysi eri bilan birga bo‘lishini o‘zi tanlaydi. Biroq ushbu qavl sohiblari biror narsaga tayanishmaydi, ya’ni dalillari yo‘q. Shayx Munajjid dedi: «Men ushbu qavl tarafdorlarining birorta ham dalillarini ko‘rmadim» (Qarang: «Islom savol va javob» # 8068). Ushbu qavlni lozim topgan ulamolardan biri shayx Ibn Usaymin bo‘lgan. Biroq ushbu qavl ham hisobga olinmaydi. Chunki u biror asosga ega emas. Va nihoyat uchinchi qavl va yagona to‘g‘ri qavl shundan iboratki, unda aytilishicha ayol bu dunyoda oxirgi eri bo‘lgan kimsa bilan Jannatda birga bo‘ladi. Ushbu qavl to‘g‘ri ekaniga quyidagi dalillar dalolat qiladi: Rivoyat qilinishicha Muoviya Abu Dardoning vafotidan so‘ng Ummu Dardoga (Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin!) sovchi qo‘ydi. Shunda Ummu Dardo dedi: «Darhaqiqat, men Abu Dardoning mana bunday deganini eshitganman, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlarki: «Eri vafot etgan, undan so‘ng erga tekkan har qanday ayol, uning oxirgi eri kim bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha bilan bo‘ladi»». Ummu Dardo dedi: «Men Abu Dardoni senga almashtirishni istamayman» (Tabaroniy «al-Avsat» 3/275, Asbahoniy «at-Tabaqot» 4/36, al-Xatib «Tarix» 9/228). Shuningdek Oisha roziyallohu anhadan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ayol oxirgi erining xotini bo‘ladi» (Xaroitiy rivoyati). Ushbu hadislar bir necha rivoyatlar silsilasiga ega bo‘lib, ularning har biri boshqasini quvvatlaydi. Shu sababdan ham imom Abu Shayx, hofiz Suyutiy va Alboniy hadisni sahihligini tasdiqlashgan (Qarang: «as-Silsila as-sahiha» 1281 va «Sahih al-Jomi’» 2704, 6691). Shuningdek ushbu hadislarni Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam sahobalaridan kelgan asarlar quvvatlaydi. Rivoyat qilinishicha Huzayfa roziyallohu anhu o‘z xotiniga aytgan ekan: «Agar Jannatda mening xotinim bo‘lishni istasang, unda mening vafotimdan keyin turmushga chiqma. Chunki ayol Jannatda oxirgi eri bilan bo‘ladi. Ayni shu sababdan ham Alloh Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning xotinlariga undan keyin turmushga chiqishni ta’qiqladi. Chunki ular uning Jannatdagi xotinlari bo‘lishadi» (Bayhaqiy «Sunan» 7/69). Shuningdek rivoyat qilinishicha, Asmo Zubayr bilan ajrashishni istaganida, uning otasi Abu Bakr (Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin) uni bunday qilmaslikka ko‘ndirdi va dedi: «Ey qizalog‘im, sabr qil. Chunki agarda ayolning solih eri bo‘lsa, u uning o‘limidan so‘ng turmush qurmagan bo‘lsa, unda Alloh ularni Jannatda jamlaydi» (Ibn Asokir 1/193). Xulosa: Shayx Solih Munajjid dedi: «Ayol xulqi yaxshiroq eri bilan birga bo‘lishiga kelsak, ushbu qavlning dalili sahih emas. Ayol erlaridan birini o‘zi tanlaydi degan qavlga kelsak, uning umuman hech qanday dalili mavjud emas. Ayol oxirgi eri bilan birga bo‘lishi haqidagi qavl esa haqiqatga yaqinroqdir. Chunki u Ummu Dardo hadisiga suyanadi. U esa o‘z o‘rnida Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni dalil qiladi va (ushbu qavl) Huzayfa va Asmo kabi sahobalarning asarlari bilan quvvatlanadi» (Qarang: «Islom Savol va javob» # 8068).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushbularda aniqlagani ko‘rinib turibdi.
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 195 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushbularda aniqlagani ko‘rinib turibdi.
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 195 | Oila va turmush