Marosimga oid
Assalomu alaykum! Men yaqinda juda jahlim chiqib yaqinlarimdan biriga “kim bo‘lishidan qat’iy nazar dasturxoniga aroq qo‘yiladigan yaqin qarindoshining to‘yiga bir so‘m bo‘lsa ham yordam qilsa, qiyomatda u inson ham javobgar bo‘lishi aniq” dedim, chunki Alloh taolo harom qilgan narsani to‘yiga qo‘ymoqda bu bilan u katta gunoh qilmoqda va narigi odam joiz bo‘lmagan to‘y o‘tishiga yordam berayabti, agar moliyaviy yordam beruvchi insonning puliga halol narsalar olinsa ham javobgar dedim. Qiyomat juda og‘ir kun, hisob-kitobi ham og‘ir dedim. Bu silai rahm emas, chunki Alloh taolo roziligi eng oliy o‘rinda dedim. Avvalambor munkardan qaytarish shart va lozim, agar umuman o‘z bilganidan qaytmasa (shundaylar bor) to‘yiga ham bormaslik kerak dedim. Ming afsuslar bo‘lsinki, yaqin qarindoshlarimiz orasida aroq qo‘ymasa bo‘lmaydi deb oyoq tirab turadiganlar bor. Savollarim: Shu mulohazalarim to‘g‘rimi?
2) Agar to‘y qilayotgan odam eng yaqin qarindoshlaridan biri bo‘lsa ham aroq qo‘yilsa to‘yxonaga kirmasdan tashqarida tursa bo‘ladimi yoki umuman bormaslik kerakmi?
3) Agar to‘yimga kelmading deb xafa bo‘lsa ham keyinchalik silai rahmni davom ettiraverish kerak, ammo o‘zi uzoqlashib ketsa kimda ayb? Bu juda dolzarb mavzu edi. Men hali yosh bo‘lsam-da, ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning kitoblarini o‘qiyman va unga amal ham qilishga harakat qilmoqdaman. Alloh taoloning inoyati ila men ularning kitoblaridan shu paytgacha birov churq etib aytmagan odoblarni, shariatni o‘rganmoqdaman. Katta ko‘pchilik qarindoshlarimiz hamma bilan bir xil yashayverish kerak deyishadi ya’ni aroq qo‘yilsa ham. Men esa siz ustozlarning aytganingizni ularga ko‘rsatmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Umuman bormaslik kerak. 3). Ayb o‘zida bo‘ladi. Alloh aziz qilsin va haqda sobitqadam qilsin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim