Fussilat surasidagi belgi

Assalomu alaykumIltimos ila Qur’onni o‘rganishga kirishgan tolibdan quyidagi savol:Fussilat surasi 44-oyatda qoraga bo‘yalgan doira shaklidagi belgi bor, shu belgi haqida batafsil ma’lumot bering.Quronda shu kabi belgilarni batafsil o‘rganish uchun qaysi kitobni tafsiya qila olasiz?Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Qilayotkan xizmatingizni ajrini ziyodasi bilan bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum asssaom.Mazkur belgi Hafs rivoyatiga ko‘ra chop etilgan mushaflarda faqat shu birgina kalimada kelgan. Bu belgi aslida hamza o‘rniga qo‘yilgan bo‘lib, o‘sha joydagi hamzani "tashil" qilishni bildiradi.Hamzani "tashil qilish" deganda uni hamza tovushi bilan alif, ya’ni cho‘ziq a unli oraligida, aniqrog‘i "chala hamza" shaklida talaffuz etish tushuniladi. Buning uchun tovush paychalarini hamzadagi kabi to‘liq yopmay, biroz chala yopish kerak. Buning ijrosi malakali ustozlardan o‘rganiladi. Vallohu a’lam.

4 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 184 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar