Bo‘shsan degan gapni aytsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Agar er ayolga “bo‘shsan” kabi yoki shunga o‘xshash bemani gaplar aytsa bu bilan taloq tushsa ayol idda o‘tiradimi? Agar ular qayta yashash niyatlari bo‘lmasa ham? Buni hukmi qanday? Javob va to‘g‘ri yo‘l tanlash uchun sizlarni sababchi  qilgan Allohga shukur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taloq niyatida yoki taloq mojarosi bo‘lib turgan vaqtda aytgan bo‘lsa taloq tushadi va idda o‘tiradi. Aslida bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar