Zakot deb berish shartmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ammam o‘g‘lini uylantirmoqchi, lekin moliyaviy sharoiti yo‘q. Zakot xisobidan pul bersam bo‘ladimi? Zakot deb berish shartmi moliyaviy axvolini bila turib? Ba’zida (xufiyona iloji bo‘lmaganda) yordam qilganimda juda ko‘p minnatdorchilik qiladilar, senga rahmat bizlarni o‘ylaysan deb. Bu gaplardan xijolat bo‘laman va pullar maniki emas bir tanishim xayri bor ekan o‘shani duo qiling deyman. Bu ishim yolg‘onga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zakot deb berish shart emas. Ajratayotganda zakot deb ajratsa bo‘ldi. Yolg‘on gapirishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar