Salom bermagan odam haqida hadis bormi

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning "salom bermagan odamning gapiga javob qaytarmang" degan mazmunda hadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday mazmunda zaif rivoyat mavjud bo‘lib, Tabaroniy “al-Mu’jamul Avsatda”,  Ibn Sunniy “Amalul yavmi vallayla” da zikr qilgan.عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ وَسَلَّمَ: مَنْ بَدَأَ بِالْكَلَامِ قَبْلَ السَّلَامِ فَلَا تُجِيبُوهُ رَوَاه الطَّبَرَانِيُّ وَابْنُ السُّنِّيِّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim salomdan avval gap boshlasa, unga javob qaytarmanglar” dedilar.
Tabaroniy va Ibn Sunniy rivoyati. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 176 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar