"Hadis va hayot"ning ba’zi juzlaridan savollar

Assalomu alaykum Shayx hazratlari.Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Kitoblaringizdan ko‘p narsani o‘rganyapmiz.O‘qish jarayonida ba’zi tushunmagan joylarimiz chiqib qolyapti. Shularni o‘zingizdan so‘rab bilib olish maqsadida ushbu mavzuni ochgandim. Inshaalloh, bu tolibi ilmlarga foydali bo‘ladi, deb umid qilaman. 1-savol. «Hadis va hayot», 25-juz, «Nubuvvat xonadoni xodimlari» kitobida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: Buning ustiga Ummu Salama r.a.ning yoshlari Payg‘ambarimiz s.a.v.ning yoshlaridan katta bo‘lgan. («Hadis va hayot», 25-juz, 220-bet)Ummu Salama onamiz hijriy 59-sanada, 84 yoshlarida vafot etdilar. («Hadis va hayot», 25-juz, 242-bet)Agar Ummu Salama onamiz 59-sanada, 84 yoshlarida vafot etgan bo‘lsalar, u zot Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat qilganlarida 25 yoshda bo‘ladilar. Rasululloh s.a.v. esa bu paytda 53 yoshda edilar. Bu holda esa «Buning ustiga Ummu Salama r.a.ning yoshlari Payg‘ambarimiz s.a.v.ning yoshlaridan katta bo‘lgan» deyilgan qism bilan chalkashlik yuzaga kelyati. Vallohu a’lam. Shu eriga izoh bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
[quote author=AbdulAziz link=topi’=16574.msg125319#msg125319 date=1270210253]14-savol. «Hadis va Hayot» 13-Nikoh, taloq, idda kitobida yoziladi:Hanafiy mazhabida mahrning ozi 10 dirham bo‘lsa yaxshi, deyilgan.Shuningdek mahrning ko‘pining chegarasi yo‘q. Ammo ulamolarimiz mahrning ko‘pi 12 uvqiyadan oshmagani ma’qul, deganlar. (139-bet)Hazrat, dirham, uvqiya, dinor kabilar hozirgi o‘lchov va hisoblarga ko‘ra qanchaga to‘g‘ri keladi?Dirham kumush tanga bo‘lib, uning ikki yuz dirhami zakot nisobiga teng bo‘ladi. Dinor tillo tanga bo‘lib uning yigirmatasi zakot nisobiga teng bo‘ladi. Bir uvqiya-qirq dirhamga teng.

4 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 181 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar