Hadislarni o‘z tilidan aytsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men dunyo ishlaridan bo‘sh paytimda hadislarni va maruzalar eshitishni yaxshi ko‘raman bu undagi go‘zal masalalarni boshqa birodarlarim bilan ulashishni yoqtiraman. Agar maruzada biror ko‘nglim tortmaydigan (yani rostdan shunday bo‘lganmikan degan manoda) narsa haqida so‘z ketsa siz ustozlarimga murojaat qilaman. Maruzalarniku domlalar aytganday aytishga harakat qilaman lekin hadislarni qanday aytishni bilmayman. Hadis aytayotganda kitobda qanday yozilgan bo‘lsa shunday aytish kerakmi? Aytaylik bir do‘stim yoki bir jamoada bir masalani muhokama qilishayapti. O‘sha joyda men o‘sha masalaga yaqin hadis aytmoqchiman lekin aynan kitobda yozilganiday ayta olmayman. Shunday paytda hadisni roviylari bilan hech qanday gaplarida xato qilmay aytish shartmi? Men bir hadis eshitgandim undan shunday shundim deb o‘z fikrimni aytsam ham bo‘ladimi? 2. Agar maruzada yoki hadis aytayotganda bir ahli ilmni maruzasida bir narsa eshitdim yoki bir hadisda o‘qidim unday shunday xulosaga keldim deb yoki men aytmoqchi bo‘lganlarim aynan maruzalarda yoki hadislarda shunday kelmagan men shunchaki tushunganimni aytaman deb soatlab nasihatlar qilsam joizmi? Men domla aytmagan yoki hadisda kelmagan narsa aytib qo‘yganim uchun yolg‘onchi bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ilm oling. Oyat yoki hadisni meni tushinishimcha deyish uchun uzoq vaqt katta ulamolardan ilm olib ular ruxsat bersa tushinasiz unda ham nimaga shunday tushinganingizni dalil bilan isbotlab berishingiz kerak. Shuning uchun eshitgan narsangizni yaxshi tushingan bo‘lsangiz “eshitgan hadisimni ma’nosi” desangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 129 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar