Jannatda Allohni ko‘rish
Assalomu alaykum! Muslimaat.uz dan qisqagina «Bugun so‘ngi kun» deb nomlangan maqolada o‘qib qoldim. «Ulamolarimiz aytishadi jannatga kirgan har banda Allohning jamolini ko‘ravermaydi. Faqat oliy maqomdagilar ko‘radi» degan narsani o‘qigandim. Sizlardan iltimos to‘liqroq ma’lumot bersalaringiz. Uzr internet yaxshi ishlamasligi sabab izlash xizmatidan foydalanolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jannatga kirgan har bir banda Alloh taoloning jamolini ko‘radi. Albatta Alloh taoloning jamolini ko‘rish, ziyorat qilishda jannat ahli turli darajada bo‘ladi. Ba’zilarga haftada bir juma kunida, ba’zilarga esa bir kunda ikki bor, ertalab va kechda. Ba’zilar esa har holatda ziyorat qiladilar. (Tafsiri Mazhariy). Alloh taolo “Qiyaama” surasida marhamat qilgan: وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَّاضِرَةٌ إِلَى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ 22. U Kunda yashnar yuzlar bor – 23. o‘z Robbiga nazar soluvchilar. Bu mo‘minlar holatining bayonidir. Ya’ni qiyomat kuni ularning baxtga erishganlari yuzlaridan balqib turgan sevinchdan bilinadi va ular o‘sha Kunning eng oliy maqomiga – Allohning, o‘z Robblarining jamolini ko‘rishga muyassar bo‘ladilar. Ahli jannat uchun eng oliy ne’mat Alloh taoloning jamolini to‘siqsiz ko‘rishdir. Ushbu oyati karima ana o‘sha buyuk ne’matning haqiqatan bo‘lishiga dalildir. Ahli sunna va jamoa mazhabining aqiydasi shudir. Bu ma’no boshqa oyatlarda va bir qancha hadisi shariflarda ham o‘z ifodasini topgandir. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, sizlar o‘z Robbingizni xuddi manavi oyni ko‘rayotganingizdek, ayon ko‘rursizlar», – deganlar. Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam, jumladan: «Bas, hijob ochilur, ularga Robblari taboraka va taologa nazar solishdek mahbub hech bir narsa berilmagandir», – deganlar. Alloh bizlarni ham ko‘pchilik qatori, O‘z jamoliga nazar solishga nasib aylasin! ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 221 | Aqiyda