Ko‘p savol so‘rash

Assalomu alaykum Ustoz. Sog‘-omonmisiz? Oila-a‘zolaringiz, yaqinlaringiz so‘gmilar?Ustoz, Ruhiy Tarbiya kitobingizdan bir-nechta savollarim bor edi, ijozat bersangiz shularni bersam. (Savollar bir nechtaligi sababli, 3-4 ta postda beraman)Ruhiy Tarbiyaning 1-qismi 272 betida ko‘p savol so‘rayvermaslik aytilgan. Bunga sahobiylarning Payg‘ambarimiz sav dan Hak haqidagi oyati tushganda bergan savollarini misol qiladilar. Ya‘ni o‘shanda sahoblar "Yo Rasululloh (sav) Haj har yilimi deganda" , "Yo‘q" deb javob berganlar. Agar "Ha" deganimda sizlarga qiyin bo‘lar edi deyilgan.SAVOL: Agar shuni sahoblar so‘ramaganida ahvol qanday bo‘lar edi? Umuman olganda "Hamma narsani ham so‘rayvermaslik kerak" deganda nima nazarda tutilgan?Alloh rozi bo‘lsin bergan javobingizdan, Ustoz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ha, har yili deganlarida har yili haj qilish farz bo‘lib qolar edi. Shuningdek, bo‘lgan-bo‘lmagan narsani so‘rayverib kishi o‘ziga qiyin qilib olishi bor.

4 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 196 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar