Sajdaning holati
Assalomu alaykum! Mening ko‘zimga shifokorlar glaukoma (ko‘z ichki bosimining ortishi) tashxisini qo‘yishdi, shu sababli boshimni egishim mumkin emas ekan. Boshimni egsam ko‘zimning bosimi ortib ketyapdi. Men namozda sajda qilinadigan joyni biror vosita yordamida balandroq ko‘tarishim mumkinmi? Bir ma’lumotda sajda qilinadigan joy oyoqlar turgan joydan yarim ziro’ ( 25 sm ) dan oshmasligi kerak deyilibdi, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurganlaridek ruku’ga ozroq, sajdaga undan ko‘ra biroz ko‘proq egilib qo‘ysangiz kifoya. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 167 | Namoz