Margilon

Shayx Xazratlari siz 15 avgust kuni Margilonga kelgan edingiz sizga ancha ozor berib kuyishdi Margilondan Shayx xafa bulib ketdi deyishdi Margilon xalki ancha madaniyatli shu yoshlar unchalik emas sizdan butun Margilon nomidan uzr suraymiz!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menga hech kim ozor bergani yo‘q. Men hech kimdan xafa bo‘lganim yo‘q. Shuning uchun uzr so‘rashning hojati ham yo‘q. Odatda ko‘pchilik tartibsiz harakat qilganda shunday bo‘ladi. O‘sha paytda kimdir qattiqroq gapirishi kerak. bu tartibni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Marg‘ilonda shunday bo‘ldi. - Eng muhimi, hamma xursand bo‘ldi. Men hammadan ham xursand bo‘ldim. Sizlarga o‘xshagan azizlarimiz yana ham katta quvonchga sabab bo‘lmoqdasizlar. Hammaga salom aytinglar va ushbu maktubimdagi ma’nolarni etkazinglar.

4 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 208 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar