Reklama haqida savol
Assalomu alaykum! Men o‘z maxsulotim reklamasini yutub saytida reklama qilsam bo‘ladimi? Masalan: Kimdir yutub saytiga kirib video tomosha qilayotgan chog‘ida mening maxsulotim reklamasi 7-10 sekundcha reklama qilinadi. Men yutubega buning uchun pul to‘layman. Shu ishim halolmi? 2). Agar birovlarning maxsulotini xam shu tariqa reklama qilib pulini olsam xam bo‘ladimi? Shu ishim xalolmi? 3). Meni qiynayotgan masala shuki masalan biror bir odam futbol tamosha kilsa, demak bu bexuda vaqtini sarflayapti va shu vaqt meni maxsulotim reklamasi chiqyapti. Bexuda videolarni tomosha qilayotgani va reklamam ketayotgani men uchun gunoxmi? Shu ishim xalolmi? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Halol mahsulot bo‘lsa va shariatga xilof video ustida bo‘lmasa joiz.
2). Yuqoridagi qoidalar asosida bo‘ladi.
3). Siz foydali videolar ustiga reklamangizni joylashtiring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom