Dadamning oyligidan zakot

Assalomu alaykum! Men to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyman. Dadamning oyliklarining deyarli 90 foizi kontraktimga o‘tadi. Qolgani esa ro‘zg‘orga ketadi. Hisoblab ko‘rilsa, bir yillik maosh miqdori nisobga etgan, lekin bizning qo‘limizga kelib tushmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktga o‘tib ketadi. Shu vaziyatda zakot berish kerakmi? Savolim o‘rinsiz bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lida nisob darajasida bo‘lmasa zakot vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 167 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar