Yangi fatvo chiqibdi emish

Assalomu alaykum! Qaynonam kecha janozaga borib keldilar. U erdagi otin ayollarning o‘ranishi haqida ma’ruza qilibdi va aytishlaricha kelinlarni bir uyda yashaydigan qaynilari oldida hijobda yurishlari shart emas emish. Buni bir boshqa qarindoshimizdan ham eshitgandim. Shunday fatvo chiqibti degandilar. Shu rostmi? Agar yolg‘on bolsa bu otinlar nimaga ishonib bunday fatvo berishyabdi? Axir buni oxiri fitnaga olib kelishi aniqku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Erining aka-ukalarining oldida xuddi ko‘chadagi begonalarning oldida bo‘lganidek avratlarini berkitishi farz. Shart emas deganlar ham fatvo chiqibdi deganlar ham noto‘g‘ri aytishibdi. Bu kabi fatvo beruvchilar  va uni tarqatuvchilar Allohdan qo‘rqishsin. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ  Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 156 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar