Jum’a namozi xakida
Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux!Xurmatli Ustoz, kuyidagi masala yuzasidan yordam berishingizni iltimos kilaman.Xorijda ishlayotganim munosabatli, ayrim xolatlarda Jum’a namoziga bora olmay kolaman. Jum’a namoziga borishni kanda kilmasni niyat kilib, ish joyimga yakin joydagi masjidga bordim. U erdagi jamoat Molikiy mazxabida ekan, ya’ni takbir aytilgandan keyin Sano duosini ukishmas ekan (agar adashmasam) xamda sunnat namozlarini ukishmas ekan. Namoz vaktini xam kechrokka tayinlashgan ekan. Ya’ni ayrim masjidlar maxalliy vakt bilan 13-30 da ukishsa, men borgan masjidda 14-30 da ukishar ekan. Imom esa tajvid koidalariga amal kilgan xolatda kiroat kilmas ekan. Kur’on oyatlarini buzgan va tugri kiroat kilmagan xolatda namozni ado kilmokda. Ushbu masjidga Jum’a namozini ukishlik uchun borsam namozimga futur etmaydimi? Yoki ishxonamda Jum’a namozi ukib bulishgandan keyin Peshin namozini ukiganim afzalmi?Assalamu alaykum va roxmatullox!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
InshaAlloh namozingizga futur etmaydi. Ikkinchidan ba’zi molikiy mazhabidagi birodarlarimizning qiroatlari Qolun qiroatida bo‘lgani uchun bizning qiroatimizda bir oz farqli shuning uchun sizga noto‘g‘ri tuyulgan bo‘lishi mumkin.
4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 144 | Namoz