Islomiy lombard ochish xukmi

Assalomu alaykum! Islomiy Bank dunyoda mashhur, davlatlar rivojiga va odamlar hayotini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shib keladi. Men tadbirkorman, shu sabab Islomiy Bankga qiziqishim doim kuchli bo‘lgan. Agar hozirgi kapitalim etganida shunaqa bank ochgan bo‘lar edim. Etmagani sabab, boshqa "alternativ variantlar" qidirdim va "Islomiy Lombard" ochish fikri keldi. Agar "Islomiy Lombard", xuddi "Islomiy Bank" qoidalari asosida ishlasa yoki shunday qilsa: misol: Pul kerak odamdan, biror bir molni, bozor narxidan arzonga baholab olsa va baholangan miqdoriy pulni qarz tariqasida ma’lum bir vaqtgacha bersa, qarz olgan odam, qarzni vaqtida olib kelmasa, molni o‘ziniki qilib, uni boshqa birovga yoki sobiq egasiga sotib foyda olib ishlash. Shariatda mumkinmi? Yoki 2-misol: Pul kerak odamdan, molni arzon baholab sotib olib, uni keyin yana egasiga qimmatroq narxda sotib foyda ishlash. Shariatga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday qilishingiz joiz emas. Baribir sudxo‘rlikka hiyla bo‘ladi. 2). Buni “’iyna” savdosi deyiladi, bundan qaytarilgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:37 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar