Nafaqaga chiqish arafasida !

Assalamu alaykum -barchamiz uchun hurmatli ustoz Shayx Hazratlari !Ushbu sayt a‘zolarining siz haqingizga qilayotgan duolari ijobatini Ollohdan so‘rayman ! Marhamat qilib savol berishimga izin bergaysiz : Yaqin bir -ikki oy ichida onam nafaqaga chiqish arafasidalar . Kerakli hujjatlar tayyorlab topshirishni bir qarindoshimiz amalga oshiryapti . Sabab men chet elda tahsil olmoqdaman .Kecha telefon orqali onamdan xol ahvol so‘raganimda , aytilarki - "Nafaqaga chiqish uchun 100.000 so‘m xarajat qilib tegishli xodimga "choy ichirish" ziyofat qilib berish kerak ekan dedilar" . Men bu narsa yaxshi ish emasligini , ularga ham buni aytishlarini taklif qildim . Hamma choy puli berar ekan deganida , asablarim buzilib , boshqalar balki oqibatini tushunmay qilgandir , sizlar bunday qilmanglar deb aytim . So‘ng ortidan onamni ko‘ngliga ozor berib qo‘ydim degan fikir xayolimdan o‘tdi . Qadirli Shayx Hazratlari -bu masala yusasidan qanday yo‘l tutaylik ! Benihoya lutf ila muhlisingiz Akhtamjon !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aytgan gap to‘g‘ri.

4 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar