Ukamni tavbasi yo‘q

Assalomu alaykum! Kur xam xassasini Bir marta yukotadi deyishadi, lekin ukam doim kredit karz oladi va karabsizki karzlari kupayib ketadi, aksar odamlardan olgan karzlarini kaytarib bermaydi, kup marta uzim xam shu karzlaridan kutilishi uchun doim erdam berib kelaman, oxirgi martasida 4ming dollarga Yakin karzlarini kreditlarini yopib berdim, xayotni karzsiz davom ettirgin, taksichilik kilarsan xech bumasa deb avtomashinami karzini tulaginda xaydab yuraver deb berib yuvordim. Xullas Yana kredit ogan Yana karzga kirgan, tavba kilmayapti. Maniyam boshka yordam berishga umuman imkonim kolmadi, alloxim bilguvchi kulimdan kegancha yordam kilib keldim, lekin ukam karzga kirishdan tavba kilmayapti, yordam kilolmayman desam Man bn urshib koladi. Man ukamga shunaka moddiy yordam berishga majburmanmi siylayi raxm deb Buni chegarasi bormi, Nima kilishni bilmay koldim. Agar gaplashmasdan yursam pul suramaydi, bemalol tinchnina yashayman, siylayi raxm deb munosabatni tiklasam Yana shu karz topib Ber deyaveradi. Ustozlar Nima kilay Bir yul kursating, duo kiling siz xam kalbi ochilib Zora tugri yulga yursa. Mani duolarim balki utmyapgandir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gaplashing, ammo gunoh ishini orqasini yopib berishdan to‘xtang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar