Internet o‘yinlar qimor bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Internetda o‘yin bor. Unda xaqiqiy pul tikib o‘ynaladi, yutsa tikkan pulni va foizini berishadi. Pulini o‘zimga bir so‘miniyam ishlatmiman, qiziqib o‘ynayman. Savolim: o‘ynaversam gunoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan surat qimor bo‘ladi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَآ أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا 219. Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», – deb ayt.
Xamrning ham, qimorning ham katta gunoh ekani avvaldan ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, o‘sha vaqtdagi kishilarning e’tiqodi bo‘yicha, manfaatlari ham borligi eslatib o‘tilmoqda. Ular xamr sotib, pul topishni manfaat deb tushunishgan. Shuningdek, qimorda pul yutishni, undan odamlarga cho‘tal berishni ham manfaat deb tushunishgan. Lekin bunga o‘xshash manfaatlari ularning gunohi oldida hech narsa emasligi ham uqtirilmoqda. Xamrning jamiyatga, shaxsga, davlatga va insoniyatga keltiradigan zarari hozirgidek ko‘zga yaqqol ko‘rinmagan bo‘lsa kerak. Eslashimiz kerakki, aqlni to‘suvchi har bir narsaga xamr deyiladi. Uning nomi turlicha bo‘lishi mumkin, pivodan tortib morfi va boshqalari ham, hammasi harom.
Qimorning hukmi ham shunday: osonlik bilan, mehnat qilmay, oshiq yoki karta o‘ynabmi yoki boshqacha nomlangan o‘yinlar o‘ylab chiqaribmi, odamlarning pulini olish harom. Hozirgi paytda qimorning ham xuddi xamrga o‘xshab, turlari ko‘payib ketdi. Insoniyatga katta zarar keltirayotganligi uchun ularning barchasi haromdir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom