Qaysi birimizni gapimiz to‘g‘ri

Assalomu alaykum! Yaqinda ayolimni ammasi to‘y qilmoqchi, shunga mendan ruhsat so‘radi to‘ydan oldin(sabzi to‘g‘rar kuni)ketaman to‘yni o‘tkazib qaytib kelaman deb, men esa oldin ammang bizni to‘yiga taklif qilsin keyin uydagila bilan borib birga qaytib kelasizlar dedim. Ayolim esa gapida qat’iy turib olib jahl qilib o‘zi sizga tegib nima ko‘rdim deb yubordi, men esa boshqa bunday gap gapirmasin degan niyatda agar sabzi to‘g‘rar kuni ketib to‘yni o‘tkizib qaytib kelsang taloqsan deb qo‘ydim. Hozir esa taloq so‘zini ishlatganimga pushaymondaman. Hozir ayolim meni taloq qildiz deyabdi men esa yo‘q, sen agar sabzi to‘g‘rar kuni ketib to‘yni o‘tkazib kelsang taloq tushadi to‘y kuni borib kelsang taloq tushmaydi deyabman. Qaysi birimizni gapimiz to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytibsiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar