Birovni nomidan sadaqa

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim qarz berib turdi. Pulni qaytarmoqchi bo‘lib qidirdim, lekin topa olmadim. Yana bir muncha vaqt kutdim, qarz bergan odam menga unchalik yaqin bo‘lmaganligi sababli topa olmadim. Ko‘chada tanishib qolgan edik bor yo‘g‘i 3 marta ko‘rishgan edik, topa olmaganimdan keyin o‘sha inson nomidan sadaqa qilib, muxtoj insonga berdim. Shu xolatga shariatimiz nima deydi? Men qarzimni ado qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yana qidirishda davom etasiz. Topilmasa zimmangizdan soqit bo‘ladi, agar topilsa o‘ziga ado qilasiz.  Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar