Bu oyatmi yoki hadisi qudusiy?

Hurmatli Ustoz qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin! Omin.Bugun Jumada masjid Imomi Payg‘ambarimizning mavlud oylariga bag‘ishlab judayam bir go‘zal ma’ruza uyushtirib berdilar, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin. Domla ma’ruza orasida Alloh shunday marhamat qiladi deb (oyatni yoki hadisi qudusiymi aytmadilar) -Agar ey Muhammad Sizni yaratmaganimda Men bu butun olamni yaratmagan bo‘lar edim. degan Fazilatli Shayx Hazratlari bu oyatmi yoki hadisi qudusimi so‘rashimdan maqsad agar men boshqa bir insonga Alloh shunday degan desam "Bu gapni qaerdan olding daliling bormi?" desa men nima deb javob berishni bilmay qolsam, chunki Siz savollarimning biriga Quronda bo‘lmagan narsani bu qurondan deyish gunoh bo‘ladi deganingizdan beri bunday narsalarga ahamiyat beradigan bo‘ldim. Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ma’noda oyat ham, hadis ham yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalomning olamlarning sarvari ekanlari shunday ham ma’lum.

3 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 154 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar