Musulmon bo‘lmagan inson yotgan qabriga Qur’on tilovat qilish

Assalomu alaykum! Musulmon bo‘lmagan inson yotgan qabrga yoki uni musulmon, yoki musulmon emasligini bilmagan inson qabriga Qur’on tilovat qilsa, haqqiga duo o‘qishga, joyi jannatda bo‘lsin deb aytish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonmasligi aniq bo‘lsa haqqiga rahmat va jannat so‘rab duo qilish mutlaqo joiz emas. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi:  اسْتَغْفِرْ لَهُمْ أَوْ لاَ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ إِن تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ سَبْعِينَ مَرَّةً فَلَن يَغْفِرَ اللّهُ لَهُمْ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ۝ 80. Ular uchun mag‘firat so‘rasang ham, mag‘firat so‘ramasang ham, agar ular uchun etmish marta mag‘firat so‘rasang ham, Alloh ularni zinhor mag‘firat qilmas. Bu Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 165 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar