Tilovat sajdasi haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Zehnim pastligi uchun shularni tushunolmayabman.
1. “Kim o‘sha rakatda imomning sajdasidan keyin iqtido qilsa, tilovat sajdasini qilmaydi” debdi.
Agar tilovat sajdasini eshitgan bo‘lsa hammi?
2. “Agar sajda ma’nosidagi so‘zni o‘zini tilovat qilsa ham sajda qilmaydi” debdi.
Bu namozdan tashqaridagi holatmi?
3. “Tilovat sajdasini qilganda sajdada namozdagi tasbeh aytiladi” deyilibdi.
Bizga shu sajdada “sajattu lir rohmah” deb boshlanuvchi duo o‘qiladi deyishgan, bu noto‘g‘rimi, sajdadagi tasbeh bilan kifoyalanaylikmi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Tilovat sajdasini eshitgan bo‘lsa ham. 2. Ha. 3. "Sajattu lir rohmani" deb boshlanuvchi duoni tilovat sajdasini qilib bo‘lgandan keyin o‘qiladi.

26 May 2022, 19:06 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar