Begona odamning buyumi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Meni turmush o‘rtog‘im bir kompaniyada ishlaydi. U kompaniya mijozlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatadi, masalan: Ularni keraksiz buyumlarini olib chiqib tashlash, yashash joylarini tamirlash, tozalash ishlari va hokazo shunga o‘xshash ishlar. Savol: Turmush o‘rtog‘im ko‘pincha ularni ba’zi buyumlarini uyga olib keladi. Buni qaerdan oldingiz deb so‘rasam, bir mijozimizni buyumlarini olib chiqib tashlashimiz kerak edi, yangi ekan shunga tashlashga ko‘zim qiymadi deb aytadilar. Mijozlarni o‘zlari ham aytarkan, o‘zlaring uchun biror kerakli narsa bo‘lsa olib qolaveringlar deb. Shu buyumlarni ishlatishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Egasi rozi bo‘lsa joiz. Kerak bo‘lmasa kerak deb kerakli buyumlarini olib ketmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar