Qarz uchun berilgan lafz

Assalomu alaykum! Bir kishi birodaridan ma’lum miqdorda 1oyga deb qarz oldi. 1 oydan o‘tdi qarzdordan xabar yo‘q. Mayli ahvoli yaxshi bo‘lmasa kerak deb yana 1-2 oy kutildi. Javob bo‘lmagandan keyin, so‘raldi. Ana qilib beraman, mana qilib beraman deb yana 2-3 oy o‘tib ketdi. Hozir olingan qarzga deyarli 1 yil bo‘lib qoldi. Shunda qarz bergan shaxs qarzdorga “agar pulni shu yakshanba bersangiz berdingiz, agar shu yakshanba ham cho‘zsangiz manga unday pulni keragi yo‘q” deb gapirdi. Qarzdor o‘sha yakshanba kuni ham pulni bermadi. Shunda qarz beruvchi bergan lafzi uchun u puldan kechishi kerakmi endi? Chunki yakshanba bermasang kechaman u puldan deb qo‘ygan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erdagi gap qarzdan kechish emas, balki bu tahdiddir. Qayta talab qilishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar