Kufr so‘zini bilmasdan aytsa

Assalomu alaykum! Hozir turli savollarni javobini o‘qib bilimimni oshirayotgan edim. Shirk nimaligiga qiziqib qidirdim. Ichida kufr so‘ziga ko‘zim tushdi. Kufrniyam ozginasini o‘qib ich etim eyilib ketdi. Nima qilarimni bilmay qoldim. Axvolim tang. To‘ydan oldin turmush o‘rtog‘im namoz o‘qishni taklif qilganlarida namoz fizkulturani o‘ziku Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sog‘ yurishimizni xoxlaganlar deb yuborganman(astag‘firulloh afsusdaman). Telefonda gaplashayotganimda yonidagi dugonamgayam qaytarib aytganman. Chunki o‘sha maxallarda dunyo qarashim shunaka bo‘lardi. Bu gaplar eshitib olgan tarbiyamiz maxsulidir. Bu gapirgan gapim kufrga kiradimi? Hozirda Xudoga shukur namoz o‘qiyman, gapirgan gapimga xozir rosa tavba qildim. Agar kufr bo‘lsa shu paytgacha qilgan amallarim nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonmiz deb musulmon degan nomimizgina qoldi. Har bir musulmon musulmonni Islom doirasida tutib turuvchi hamda nimalarni qilsa yoki gapirsa Islomdan chiqarib qo‘yuvchi narsalarni bilishi shart. Nikohdan avval shahodat kalimasini aytgan bo‘lsangiz nikohingiz bog‘langan bo‘ladi.  Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar