Ayollarni paypoqsiz namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Ayollar namozni paypoqsiz o‘qishsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozning boshidan oxirigacha to‘pig‘idan tepasi yopiq bo‘lsa bo‘ldi. Ruk’u va sajdalarda poychasi to‘pig‘idan tepaga ko‘tarilib ketmasligi kerak. Imom Abu Hanifa va Muhammad rahmatullohi alayhimolarning qavllari bo‘yicha ayol kishi boldirining choragini ochib namoz o‘qisa, namozi namoz bo‘lmaydi. Undan ozini ochib o‘qisa, namozi joiz. Hanafiy mazhabi bo‘yicha ayol kishining qadami avrat emas. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 215 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar