Qibladan adashish
Assalamu alaykum! Nomoz o‘qiyotganimga ancha bo‘ldi men onam o‘qiydigan tarafga qarab o‘qir edim telefonim ham bor o‘shanda qiblani aniqlaydigan moslamani bilmas edim. Bir ikki oydan keyin bildim, lekin moslama hato ko‘rsatsachi deb o‘yladim. Hozir bilsam qibla aynan o‘sha tarafda ekan qiblani aniqlaydigan moslamalarning ba’zilari boshqa joyni ko‘rsatar edi. Masalan internetda"Muslim taqvimi" dasturi bor, uni olganimga ancha bo‘lgan u xato ko‘rsatar ekan. Hozirgilari esa to‘g‘ri ko‘rsatiyapdi. O‘qigan nomozlarim duruts bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qibladan 45 darajagacha o‘ng yoki chapga moyil bo‘lib o‘qilgan namoz joiz. 45 darajadan ortib ketmasin. Alloh taolo “Baqara” surasi 144-oyatida marhamat qiladi :قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاء فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوِهَكُمْ شَطْرَهُ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ Goho yuzingning osmonga tez-tez qayrilganini ko‘rurmiz. Bas, albatta, seni o‘zing rozi bo‘lgan qiblaga bururmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qaerda bo‘lsangiz ham yuzingizni u tomon buring. Albatta, kitob berilganlar uning Robblaridan bo‘lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar