Depozitariy faoliyati

va roxmatulloxi va barokatux Assalamu a’laykum Muxtaram Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf xazratlari Sizni musulmon xalkimizga beryotgan ilmingizni kilayotgan ulkan amallaringizni Buyuk Raxmon uzi munosib takdirlasin.Men uzim ishlayotgan depozitariy ish faoliyati xakida savol bilan murojaat kilmokchi edim. Kimmatli vaktingizni olsam odindan ming bor uzr.Bizning ish faoliyatimiz xakida bilsangiz xam kunglim xotirjam bulishi uchun faoliyatimiz xakida kiskacha ijozatingiz bilan gapirib utsam.Men depozitariy xodimiman, bizni korxona asosan aktsiyadorlik jamiyatlar bilan shartnoma asosida ish yuritadi. Bizni asosiy pul topish manbalarimiz. I. Masalan aktsiyadorlik jamiyatlari nakdsiz aktsiya chikarib bizni depozitariyga berishadi va bizga aktsiya kelib tushgan kundan boshlab aktsiyadorlik jamiyatlariga saklash xizmati yozamiz xamda ular ushbu saklash xizmati xakini uzliksiz tulashlari kerak buladi.II. Aktsiyadorlik jamiyatini (depo) xisob rakamiga aktsiyalar tushgan vaktdan bolshab 1 yil davomida uni uz egalari (ya’ni aktsiyani pulini tulagan aktsiyadorlarga) puliga yarasha tarkatib, joylashtirib yuborilishi kerak. Biz Aktsiyadorlik jamiyat va bulgusi aktsiyador urtasidagi shartnomani konunan rasmiylashtirib beramiz va belgilangan narxda xizmat xaki olamiz.III. Va Fond birjasidan kelgan aktsiyalarni uz egalariga joylashtiramiz. Bundan xam xizmat xaki olamiz.Va xuddu shularga uxshash boshka xizmatlar xam borSavol:1. Biz xizmat kursatayotgan aktsyadorlik jamiyatlarini orasida «Arok» zavodi mavjud, Meni kiynayotgan masala ushbu zavodga xam yukoridagi xizmatlarimizdan xak olamiz. Shu topayotgan pulimizda xarom yukmi?2. Men shu korxonani bir kichik xodimi bulib ishlayman. Va kilgan xizmatimga yarasha belgilangan xizmat xakki olaman, lekin Meni bu topayotgan pulimda «Arok» zavodining xam kandaydir kismi borligidan shubxalanib kolayapman. Ustoz Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf xazratlari iltimos meni topayotgan pulim shariatda xalolmi yoki xarommi….? Savollarim nourin va xato bulsa uzrlar surayman. Iltimos Ustoz ozgina vaktingizni ajratib kiskacha kunglimizni xotirjam kiladigan javob yullasangiz sizga tashakkur aytamiz. Oldindan raxmat Allox rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Aroq» zavodining ulushi borligi haqidagi shubhangiz to‘g‘ri. O‘sha narsadan chetlashning chorasini ko‘rishingiz kerak. - Aroq zavodi va unga o‘xshagan shariat man’ qilgan ishlardan tushgan daromad halol bo‘lmaydi.

4 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar