Ichganlar davrasida o‘tirsa

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men talabaman. Xudoga shukr 10-11 yoshimdan beri namoz, ramozon va qurbon-hayit namozlarini qo‘ldan kelgancha ado etib kelaman. Mening bir qancha do‘stlarim spirtli ichimlar ichishadi, kayf beradigan mahsulotlar chekishadi. Lekin ular sodda va rahmdil, ichida kiri yo‘q insonlardir. Birga doimo ziyofat qilib turamiz va tabiiyki spirtli ichimliklar qo‘yiladi. Savolim shundan iboratki, 1) ichadiganlarning qiyomatda va savol javobda ajri qanday bo‘ladi? 2). Men ichmasamda ularning davrasida o‘tirsam menga gunohlar yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:  لاَّ خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَاهُمْ إِلاَّ مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلاَحٍ بَيْنَ النَّاسِ وَمَن يَفْعَلْ ذَلِكَ ابْتَغَاء مَرْضَاتِ اللّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا۝ 114. Ularning ko‘plab maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, sadaqaga, ma’rufga va odamlar orasida islohga buyurgan kishigina bundan mustasno. Kim buni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga buyuk ajr berurmiz.
Ko‘p holatlarda o‘shandek davralarda o‘tirgan insonlar ularning ishlariga rozi bo‘la boshlaydilar. Shariatimizda “Arridoo bil kufri kufrun va arridoo bilma’siyati ma’siyatun” ya’ni kufrga rozi bo‘lish kufr, gunohga rozi bo‘lib gunohdir deyilgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar