Klik xizmati orqali pul o‘tkazish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolimni berishdan oldin vaziyatni tushuntirishga ruxsat bergaysiz. Men tadbirkorman, ma’lumki do‘konda plastik kartalarga qilingan savdo pullari bank hisob-raqamiga tushadi va men bu pullarni qayta o‘z plastik kartamga o‘tkazaman. Savol: Shu plastik kartadagi pullardan klik xizmati orqali telefon raqamlariga pul o‘tkazib, o‘z xizmatimga ustama pul olib foydalansam bo‘ladimi? Shu usuldan ko‘pchilik foydalanmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ishingizni savob uchun qiling. Oxiratingizga ulkan savob zaxirasi hosil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 123 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar