Kafforat kimga berish haqida
Assalomu alaykum! 4038-savolga berilgan javobga ko‘ra olamdan o‘tgan ota-onaning ma’lum muddat o‘qilmay qolgan qazo namozlari bo‘lsa kafforat sifatida har bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5gr) yoki uning qiymati berish mumkin ekan (tushunishim bo‘yicha). 1). O‘sha muddatga teng namozlar va ro‘zalarning kafforatini (pul yoki uchun) o‘zining opalariga (ya’ni ota-onaning boshqa farzandlariga) bersa bo‘ladimi? Chunki ularning ikkitasi uy qurishayotgan va ba’zi sabablarga ko‘ra bitkiza olishmayotgan bo‘ladi? 2). Agar joiz bo‘lsa, "ota-onamning kafforatlari" deb aytib qo‘yilishi kerakmi? 3). Agar shunday qilinsa, Inshaalloh o‘sha amallar uchun savob olinmasa ham ularning bo‘ynilaridan soqit bo‘ladimi? 4). Va bu narsalar ota-ona tomonidan vasiyat qilinmagan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! : 1). Farzandariga berish mutlaqo joiz emas. 2). Joiz emas. 3). Umid qilinadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! : 1). Farzandariga berish mutlaqo joiz emas. 2). Joiz emas. 3). Umid qilinadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 161 | Namoz