Uy, pul va uchastka zakoti

Assalomu alaykum! Men oilada kenja farzandman. Biz sardoba tumanida yashaymiz. O‘tgan yili suv ombordan talofat ko‘rib uyimiz buzub tashlandi va o‘rniga 5 qavatlik uylar qurib berishdi. Hamda 40 mln va mayishiy texnikalar ham berishdi. Qisqasi uyimiz 2ta, bittasini mening nomiga o‘tkazib bergan. Ikkinchisi dadamning nomida va hozir shu uyda yashaymiz. Nomimda boshqa viloyatda 4 sotix uchastka bor. Hozirda moddiy yordam deb berilgan 40 mln so‘mga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Hullas bosh turgan uyga, uchastkaga va tadbirkorligim uchun zakot berishim farz bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik qilishingiz vojib bo‘ladi. Agar qo‘lingizga tushgan 40 milonga bir yil bo‘lgan bo‘lsa zakot ham vojib bo‘ladi. 4 sotik uchastka sotish maqsadida bo‘lsa uni ham qiymatini qo‘shasiz. Sotish maqsadida bo‘lmasa zakotga qo‘shilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:06 | Savol-javoblar | 230 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar