Shirkmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yoshi ulug insonlardan qolgan an’ana udumlarimiz bor, bilib bilmay ergashish noto‘g‘ri ekanligini bilaman! Masalan, 1. Chorshanba kuni chuchvara tugib, pishirayotganda 7 tasini ochib tuginlarimiz echilsin deyishadi xamda shom kirmasdan Qur’on tilovat kilishadi. 2. Payshanba kuni yoki tushligida olamdan utgan insonlarni kurishsa xolvetar bilan katlama pishirib unga xam Qur’on o‘qishadi. 3. Xayit bayramlarimizda, bayramlarimizdan oldin is chikarish kerar deb chak chaki bo‘g‘irsoklar pishirishadi. 4. Muxarram oyida shirguruch pishirib kushnilarga tarkatish. 5. Tushida kalla kursa kalla solish kerak deb aytishadi. Bular dinimizda borligiga shubxam bor, shirk yoki bid’atmasmikin deb o‘ylab qolaman. Qaynonam shunday ishlarni kilsalar, ushbu taomlarni esa buladimi, ularga sherik bulib kolmaymizmi? Shirk yoki bid’at narsalarni qanday qilib ajratsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularni birortasi shariatimizda yo‘qligi uchun qilmaslik tavsiya qilinadi. Odamlarga ohistalik bilan, fitna qo‘zg‘amasdan tushuntirish lozim. Odatda uzoq muddatda kirib qolgan bit’atlarin birdan yo‘q qilish oson kechmaydi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 200 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar