"Saharlikdagi shubha!"

Muhtaram Ustoz, Alloh umringizni ziyoda va hisobingizni engil qilsin. Ustoz yana bezovta qilyotganim uchun uzr!Biz muslim do‘stlarimiz bilan ishxonada saharlik qildik. Ustoz, bizni shirkatlarimiz alohida oshhonalariga ega va u birodarlar boshqa shirkatda men boshqasida ishlayman. Lekin Rohmanni rahmatidan umid qilib bir davrada saharlik qildik. Ustoz, ular shirkatlari tayyorlagan ovqatni olib kelishdi, men uydan olib kelgan taomimni, lekin men ham ular o‘rtaga qo‘ygan taomdan edim, hozir shubhadaman, chunki men ular uchun ishlamayman, ovqatlari esa faqat ularga ishlaydigan ishchilar uchun edi. Bu holatda shar‘iy hukm qanday? MEnga ular o‘rtaga qo‘ygan taomdan tanavvul qilish joizmi?(ular mehmonhonaga men shu mehmonhona ichida davom etayotga qurilish shirkati uchun ishlayman)Javobingiz uchun tashakkur! Duolaringizni iltimos qilib so‘rab qolamiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ular rozi bo‘lsa, bo‘laveradi.

27 May 2022, 03:03 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar