Oyatul kursiy haqida
Assalomu alaykum! Bir kuni irim-sirim issiq-sovuk haqida gapirib qolishdi. Man ularga “shu narsalarga duch kelmaslik uchun (oldimni bog‘lab qo‘ygan ishim yurishmaydi) Oyatal kursini o‘qib yurish kerak” deb aytdim. Men xato gapirib qo‘ymadimmi? Sizlarga katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytgansiz. Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida shaytonni tutib olgan edilar. Bu hodisani u kishi keyinroq ham eslab yurar edilar. Imom Tobaroniy Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida shaytonni tutib olgani menga etdi. Men uning oldiga borib, menga aytishlaricha, sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida shaytonni tutib olgan emishsan?» dedim. U so‘zlay boshladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga zakotdan tushgan xurmoni topshirdilar. Men uni o‘zimning bir xonamga qo‘ydim. Har kuni uning ozayib borayotganini ko‘rdim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qildim. Bas, u zot menga: «Bu shaytonning ishi. Uni poylagin», dedilar. Kechasi uni poyladim. Kechasidan bir oz o‘tganda u fil suratida kela boshladi. Eshikning oldiga etganda u erdagi tirqishdan boshqa suratda o‘tdi. So‘ng xurmoning oldiga kelib, uni kemira boshladi. Men kiyimlarimni saranjomlab, o‘zimni shayladim va: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu va anna Muhammadan abduhu va Rosuluhu! Ey Allohning dushmani! Sen zakotning xurmosiga ko‘z olaytirdingmi?! Sendan ko‘ra haqlilar turib, uni olmoqchi bo‘ldingmi?! Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib boraman. Sharmandangni chiqaradilar!» dedim. U qaytib kelmaslik haqida va’da berdi. Men ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borsam, u zot: «Asiring nima qildi?» dedilar. «Menga qaytib kelmaslik haqida va’da berdi», dedim. «U albatta qaytib keladi. Sen uni poyla», dedilar. Men ikkinchi kechasi ham uni poyladim. U xuddi avvalgidek ish qildi. Men ham xuddi avvalgidek ish qildim. U qaytib kelmaslikka ahd bergan edi, qo‘yib yubordim. Keyin xabarni etkazish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jo‘nadim. Qarasam, u zotning jarchilari «Mu’oz qaerda?» deb jar chaqirib yuribdi. «Ey Mu’oz! Asiring nima qildi?» dedilar. Men xabarni aytdim. «U albatta qaytib keladi. Sen uni poyla», dedilar. Men uchinchi kechasi ham uni poyladim. U xuddi avvalgidek ish qildi. Men ham avvalgidek ish qildim. Men unga: «Ey Allohning dushmani! Menga ikki marta so‘z berib, mana, uchinchi marta kelibsan. Endi seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib boraman. U zot seni sharmanda qiladilar», dedim. «Men ayolmand shaytonman. Men sening oldingga Nasibiyndan keldim. Men bundan boshqa narsa topganimda, kelmas edim. Sizning sohibingiz Payg‘ambar bo‘lgunicha biz sizning shu shahringizda edik. Unga ikki oyat nozil bo‘lganidan keyin o‘sha ikkisi bizni bu erdan chiqarib yubordi. Keyin biz Nasibiynga ketdik. O‘sha ikkisi qaysi uyda tilovat qilinsa, u erga uch kungacha shayton kira olmaydi. Agar meni qo‘yib yuborsang, ikkovini senga o‘rgatib qo‘yaman», dedi. «Xo‘p!» dedim. «Oyatul Kursiy» va «Baqara»ning oxiri – «Amanarrosulu»dan oxirigacha», dedi. Men uni qo‘yib yubordim. Keyin xabarni etkazish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jo‘nadim. Qarasam, u zotning jarchilari «Mu’oz ibn Jabal qaerda?» deb jar chaqirib yuribdi. Men u zotning huzurlariga kirganimda: «Ey Mu’oz! Asiring nima qildi?» dedilar. «Menga qaytib kelmaslik haqida so‘z berdi», dedim va uning gaplarini aytdim. Shunda u zot: «To‘g‘ri aytibdi. Ammo u o‘zi o‘ta yolg‘onchi», dedilar. Shundan keyin o‘sha ikki oyatni xurmoga o‘qir edim. U kamaymas edi». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 208 | Qur’oni karim