Maklerni aldash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uy olmoqchi edik. Tayinlisini topa olmadik. Keyin maklerga murojat qildik. Makler 3 ta uy ko‘rsatdi. Ammo o‘zining haqqini aytmadi. Eshitishimizcha 20% atrofida ekan. Biz uy egasini mahalladan surushtirib topib egasi bilan kelishsak maklerning haqqiga xiyonat qilgan bo‘lmaymizmi? Vaqtini olganimiz uchun, ko‘nglimizdan chiqarib bersak bo‘ladimi? 3 ta uy ko‘rsatgani uchungina 20% olish insofdan emasku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni makler bilan uy ko‘rsatishidan avval kelishib oling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar