Ushr berish haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolimda xatoliklar bo‘lsa uzr so‘rayman. Men sherigim bilan ijaraga lalmikor er olib noxot ekdik. Xudo xoxlasa shu kunlarda xosilni yig‘ib ushrni ajratmoqchimiz. Hadis va hayot 8 juzni, kifoya va internetdan ushrga tegishli masalalarni o‘qib chiqdim. Tushunishimcha hanafiy mazxabida ziroat molida nisob yo‘q ekan va ushrni erni ijaraga bergan odam ajratar ekan. Savolim quyidagicha: 1. Ijaraga bergan odam ushrni biz yig‘ib tergan xosildan o‘zi beradimi yoki ushrga teng mablag‘ni o‘zini boshqa mablagidanmi?
2). Agar u ijaraga bergan odam bu narsaga rozi bo‘lmasa biz o‘zimiz ushrni bersak bo‘ladimi?
3). Biz ushrga teng mablag‘ni o‘zimizni boshqa mablag‘dan bersak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlar o‘z ulushingizni o‘ndan birini ajratasizlar. Boshqa mablag‘dan berishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar