Iymon maxluqmi?

Assalamu alaykum va rahmatullahi va barakatuh!1) Imon maxlukmi? Shu masalada ixtilof bo‘lyapti. Ba’zilar "imon"ni maxluk deyishadi, ba’zilar maxluk emas deyishadi? Savol meniki emas. Birodarlarimiz sizdan so‘rab berishni iltimos qildilar. Allohning roziligi uchun! Sizdan Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ixtilofli masala. Bunga o‘xshash masalalarni ko‘tarib tortishish yaxshi emas. Avvallari bo‘lib o‘tgan, ulug‘larimiz tomonidan hal qilingan narsani o‘rganib qo‘yiladi. Talashib tortishilmaydi. Hanafiy mazhabi, imom Abulhasan Ash’ariy va ahli hadislar “iymon maxluq emas” deganlar. Amom Ahmad, bu masalani ko‘tarish kerak emas, degan. Ba’zilar, maxluq, degan. Bugun bu masalani tortishib vaqtni, zehnni, aqlni sarflashga nima hojat bor?

4 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 185 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar