Ota va aka bilan o‘pishib ko‘rishish

Assalomu alaykum! Men 1 oy yoki 20 kunda ota eshigimga boraman. Shu borganimda otam va akam bilan yuzlarimizdan o‘pib ko‘rishamiz. Bir savol javobda o‘qidim faqat safardan kelsa shunday ko‘rishish kerak dedi. Oyda ko‘rishganda bunday ko‘rishish gunoh deyishdi. Shunga otam va akam bilan ham ko‘rishishim gunohmi, ular meni umrbot mahramlarimku? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular sizni peshonangizdan o‘pib ko‘rishishlari joiz. Siz otangizni qo‘lidan o‘pishingiz joiz. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/18571

25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar