Erning zakoti

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM Allohga Uning jaloliga loiq hamdu sanolar bo‘lsin! Ortlaridan Nabiy yo‘q Zotga durudu salovotlar bo‘lsin! Faziylatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum! Biz bundan bir necha yil avval er sotib olib, atrofini devor bilan o‘rab, ikki xona uy qurdik. Bu joyni yashash uchun emas, balki, sotib yuborishni niyat qilganligimiz sababli xar yilgi zakotini berib turganmiz. Oradan to‘rt yil o‘tib niyatimiz o‘zgarib qoldi. Niyatimiz quyidagicha: «Xozir bu erni sotmaymiz, aksincha u erga mevali daraxtlar ekib daromad olmoqchimiz. Ammo oradan yana uch-to‘rt yil yoki undan ko‘proq vaqt o‘tib yaxshiroq xaridor chiqib qolsa, sotib yuborishimiz ham mumkin». Mana shu xolatda: «Erimiz daromad keltiruvchi mulkga aylanganligi uchun faqatgina Ushrni o‘zini berish bilan kifoyalanamizmi?» yoki, «Sotish niyati tamoman yo‘q bo‘lmaganligi uchun Ushrga qo‘shib erning miqdoridan Zakotni xam berib boramizmi?». Hazrat! Boshqa masalalar kabi bu ishda ham ilmingizdan manfaatlanish uchun Sizga murojaat qilmoqdamiz. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Barchamizga Alloh taoloning barokotlari bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushrga qo‘shib erning miqdoridan Zakotni xam berasiz.

4 May 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar