muolaja va tahorat orasidagi muammo
assalomu alaykum. dinimizga qilayotgan xizmatlaringiz va xalqimiz ilm darajasini oshishi uchun qilayotgan mehnatingizdan alloh rozi bo‘lsin va bu ishlaringizga barokotlar berib, oxiratdagi manzilingizni jannati firdavslarda qilsin. (inshaalloh)savolimga javobni tahorat va tabobat bo‘limlaridan izlab ko‘rdim. yoki bee‘tiborlik sababidan yoki tushunmaganligim sababidan topa olmagan bo‘lsam kk. javobingizga mushtoqman.holatim: mening tanamda(oyoqlarimda) dardim bor, uning shifosi uchun bir necha vaqt muqaddam doktorlarga uchrashgan edik. ular da‘vosi oddiy deyishdida ma‘lum bir dorilarni yozib berishdi. dorilarni oyoqning o‘sha qismiga surtib 1 hafta oyoq yuvilmaydi deyishdi, undan keyin keyingi dori surtiladi deyishdi (adashmasam bu dori paytida oyoqni yuvsa bo‘lar edi. yaxshi eslay olmadim). muolajani eshitib togrisi uni qilmadim. qanday qilib bir hafta oyoq yuvmasdan tahorat olsa boladi deb o‘yladimda qilmay qo‘ya qoldim(dard ham uncha og‘ir emas edi). hozirgi paytga kelib esa, dard ikkinchi tomonga ham o‘tdi, undan tashqari biroz og‘riq ham bera boshlayapti, ba‘zida undan suv chiqqanligi bois, namozimga ham halaqit bera boshlayapti.savolim: 1) men shu doridan foydalanishim uchun ruxsat bormi, tahoratni qanday olaman?odobsizligim uchun sizdan kechirim so‘rayman lekin "mumkin" desangiz ushbu 2 ta savol javobini ham bilib olmoqchidim1.1) 1 haftani ichida juma bor, g‘uslga muhtoj bo‘lib qoladigan holatlar bor unda nima qilishim kk?1.2) muolaja muddati endi ko‘pi bilan 1 hafta davom etishiga allohdan boshqa hech kim kafolat bera olmaydi, u holda muolaja davom etadimi?dardim unchalik o‘gir emas, faqatgina keyinchalik og‘irlashib ketmasmikan degan xavf borligi sababli muolajaga kirishmoqchi edik. holatni aniqroq qilib ochib berishga harakat qildim, ammo orada javobga ta‘sir qiladigan faktorlarni e‘tiborsizligim tufayli qoldirib ketgan bo‘lsam alloh bizni mag‘firat qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu narsa hammaga ma’lum va hamma erda yozilgan. Dard tuzalishi ortga suriladigan yoki dard ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa, toharat o‘rniga tayammum qilinadi. Bir haftami, bir oymi, bir yilmi, bir umrmi farqi yo‘q. Siz boshqa a’zolaringizni toharat va g‘uslda yuvib, oyoqni yuvmay mash tortasiz.
27 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu narsa hammaga ma’lum va hamma erda yozilgan. Dard tuzalishi ortga suriladigan yoki dard ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa, toharat o‘rniga tayammum qilinadi. Bir haftami, bir oymi, bir yilmi, bir umrmi farqi yo‘q. Siz boshqa a’zolaringizni toharat va g‘uslda yuvib, oyoqni yuvmay mash tortasiz.
27 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat