Qiz otasiga savobini berish hadisi
Assalomu alaykum! Bir imom domla ma’ruza qildi. Ma’ruza mavzusi: Qiyomatda bo‘ladigan xisob kitob edi. O‘sha daxshatli kunda, mobodo savobingiz etmay qolib, o‘z yaqinlaringizdan ozgina savobidan so‘rasa xam bermas ekan. -o‘g‘lim savobingdan ozgina berib tur etmay qoldi, o‘tib olay -uzr otajon bu kunda bera olmayman, xali men xisobimni bilmayman balkim meniki xam etmay qolar. Shu zayl odam axli ayoliga, onasiga, otasiga zorlanib so‘rasa xam, barcha o‘zini olib qochadigan xolat bo‘lar ekan. Bu do‘zax olovi odamlar ko‘z oldida gavdalangan payt, xamma faqat o‘zi bilan o‘zi qo‘rquv va vaximada turgan payt, qiz bola otasiga yuzlanib: -mayli otajon meni savobimdan oling, men peshonamdan ko‘rdim-der ekan. Shu alfoz ota xisobi to‘g‘rilanib o‘tib ketgach. ALLOH aytarkan: -o‘zi bir ojiza bo‘la turib, qismati noma’lum bo‘la turib, otasi uchun savobini berdi, men nega endi bunga raxm qila olmas ekanman, kechdim gunoxidan, so‘roqsiz uni xam jannatga o‘tkazvoringlar-deya farishtalarga xitob qilarkan. Shunga uxshash xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis borligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis borligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar