Terini oshlash

Assalomu alaykum! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Alloh barchamizga foydali ilm nasib etsin. Terini oshlash haqida saytdan ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Shuni tushundimki terini (masalan mol terisi) biror usul bilan oshlaganda ya’ni qo‘lansa hidi ketib, terini o‘zini buzilmaydigan holatga keltirilsa u pok bo‘ladi va turli maqsadlarda ishlatsa bo‘ladi. Agar biror buyumni o‘zga yurtdan xarid qilsam va u oshlash bilan pok bo‘ladigan teridan ishlangan bo‘lsa uni ishlatishim mumkunmi? Ya’ni qo‘lansa hidi bo‘lmasa va ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa ishlataveriladimi? 2). Aytilmagan ziyofatga borgan odam u erda eb ichgani unga halol emasligini bilib, boshqa bunday ish qilmaslikni ahd qilib tavba qilsa kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Ha. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar